Sud ekspertizasi boʻyicha qanday yangiliklar joriy etiladi?
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan “Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qonuni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan ishchi guruhi yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, sud ekspertizasi, ekspert-kriminalistika, sud-tibbiy ekspertizasi markazlari masʼul xodimlari qatnashdi.
Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasi bilan davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi boʻyicha qoʻshimcha va qayta sud ekspertizasi, shu jumladan, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalari nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan oʻtkazilishi mumkinligi mustahkamlab qoʻyilmoqda. Bu kabi omillar sud ekspertizasini oʻtkazishda tomonlar uchun muqobil sud ekspertiza tashkilotlariga murojaat qilish imkoniyatini yaratadi, nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari oʻrtasidagi sogʻlom raqobatni shakllantiradi.
Ishchi guruh yigʻilishida qonun loyihasi deputatlar tomonidan koʻtarilgan savollar, berilgan takliflar asosida maromiga yetkazildi.
Xususan, qonun loyihasidagi nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tushunchasi, uning tashkiliy-huquqiy shakli hamda faoliyatiga qoʻyiladigan majburiy talablar, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining shtat birligi va rahbariga doir shartlar, davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi boʻyicha qoʻshimcha va qayta sud ekspertizasi kabi bir qator normalar atroflicha muhokama qilindi.
Yigʻilishda qonun loyihasidagi ayrim kamchiliklar hamda oʻrtaga tashlangan savollarga Adliya vazirligining masʼul xodimlari, Respublika sud ekspertizasi markazi vakillari tomonidan yetarlicha javoblar boʻlmaganligi tufayli qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga uni maromiga yetkazishga doir bir nechta taklif va tavsiyalar berildi.
Qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring