Sud avtotexnika ekspertizasida qanday masalalar hal etiladi? Unga qay tartibda murojaat qilish kerak?

Ushbu savolga AOKAdagi brifingda Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi yetakchi eksperti Zafarjon Sayfutdinov quyidagicha javob berdi:
—Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasida transport-izshunoslik, transport vositalarini texnik holatini tadqiqot qilish, transport-baholash va yoʻl-transport hodisalari mexanizmini matematik uslublar bilan tadqiq qilish boʻyicha ekspertizalar oʻtkaziladi.
Transport-izshunoslik ekspertizasida transport vositalarining qaysi qismlari bilan dastlab toʻqnashganligi, necha marta toʻqnashganligi, transport vositalarining boʻylama oʻqlari orasidagi burchak kattaligi, toʻqnashuv vaqtida transport vositalari harakatda boʻlgan yoki toʻxtab turganligi, transport vositalari orqaga harakatlangan yoki harakatlanmaganligi fakti, qaysi avtomobil yoʻnalishini oʻzgartirganligi, toʻqnashuv joyi kabi savollar hal etiladi;
Transport vositalarining texnik holatini tadqiq etish ekspertizasida transport vositalarining harakat xavfsizligiga taʼsir etuvchi qism va agregatlarining texnik holati tekshiriladi, yaʼni rul boshqarmasi, tormoz tizimi, yoritish chiroqlari, yurish qismi, gʻildiraklari soz yoki nosozligini aniqlash, nosozlik qachon vujudga kelganligini, yaʼni YTHdan oldinmi yoki YTH vaqtidagi. Agar nosozlik YTHdan avval vujudga kelgan boʻlsa, uni haydovchi aniqlash imkoniyatiga ega edimi yoki yoʻqmi kabi savollar hal etiladi.
Transport baholash ekspertizasida transport vositalarini va ularning alohida qism va agregatlarini bugungi kundagi bozor bahosi, transport vositalariga YTH natijasida yetkazilgan moddiy zarar miqdori, transport vositalarini tiklash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori aniqlanadi.
Sud avtotexnika ekspertizasi boʻyicha tadqiqotlar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatiga binoan yoki tergovchi, prokuror, surishtiruvchining qarori va sudning ajrimi asosida oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring