Subsidiya ajratilishida yordam berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.I. fuqaro G.X.ning ishonchiga kirib, unga Andijon shahrida yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylardan xonadon sotib olishi uchun tanishlari orqali subsidiya ajratilishida yordam berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.K. fuqaro G.N.ning ishonchiga kirib, unga 1 700 AQSH dollari evaziga Namangan shahri markazida yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylardan xonadon sotib olishi uchun tanishlari orqali subsidiya ajratilishida yordam berishini aytib, oldindan 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring