Statistika maʼlumotlarini davlat xizmatlari markazlari orqali olish imkoniyati yaratiladi

21:30 25 Noyabr 2022 Jamiyat
620 0

Foto: Arxiv surat

Hukumat qarori (672–son, 24.11.2022-y.) bilan Statistika maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglament tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, fuqarolar mazkur davlat xizmati doirasida statistika dasturi va faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflar asosida shakllantiriladigan maʼlumotlar, shuningdek ochiq manbalarda eʼlon qilinadigan maʼlumotlarni olishi mumkin.

Quyidagilar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:

— tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan, shuningdek individual maʼlumotlarni soʻrash;

— shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika maʼlumotlarini soʻrash.

Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.

Davlat xizmati doirasida olingan statistika maʼlumotlarini tarqatishda (qayta chop etishda) maʼlumot olingan manbaga majburiy tartibda havola berilishi shart.

Taqdim etiladigan har bir statistik maʼlumotni shakllantirish uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?