SSVda 22 mlrd soʻm byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishining oldi olingani maʼlum qilindi

16:29 26 May 2021 Jamiyat
393 0

AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov, direktor oʻrinbosari Umida Toʻxtasheva, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Ulugʻbek Daulanov ishtirokida oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida byudjet mablagʻlarini noqonuniy sarflagan va talon-toroj qilgan mansabdor shaxslarga koʻrilgan jazolar haqida maʼlumot berildi.

Korrupsiyaga qarshi «komplayens-nazorat» tizimi joriy etilishi orqali erishilgan natijalar:

Davlat soliq huzuridagi Kadastr agentligi tizimdagi xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilib, korrupsiyaga moyilligi boʻlgan 28% (1476 nafar) xodim bilan mehnat shartnomalari tugatilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligida 16 mlrd coʻm moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi. 22 mlrd soʻm byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishining oldi olindi.

Xalq taʼlimi tizimida byudjet mablagʻlarini noqonuniy sarflash yoki talon-toroj qilish, noqonuniy ish haqlarini toʻlanishi yuzasidan 214 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi, 34 nafar masʼul mansabdor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, aniqlangan holatlar boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan vaqt ichida jami 78 mlrd soʻm moliyaviy xato va kamchiliklar hamda noqonuniy oʻzlashtirishlar aniqlanib, qonuniy chora koʻrish uchun huquq-tartibot idoralariga yuborildi.

“Oʻzkimyosanoat” AJda tovar moddiy boyliklarini sotib olish jarayonida “inson omili”ni cheklash va korrupsiyani oldini olish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish amaliyotiga chek quyilib, tizim korxonalari tomonidan 2020-yil davomida jami 53,4 mlrd. soʻm xarajatlar iqtisod qilinishiga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?