SSV: Tibbiyot xodimlarining ish haqi ikki marta oshadi

16:15 21 May 2022 Jamiyat
910 0

Yaqinda tibbiyot xodimlari ish haqlari 10-15 foizgacha oshgan edi. Ish haqlarini oshirish toʻgʻrisidagi Prezident farmoni bilan ularning oyligi yana oshadimi, degan savolga Sogʻliqni saqlash vazirligi javob berdi.

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Otabek Fozilkarimovga koʻra, 2022-yil 17-maydagi "Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida tibbiyot xodimlarining oyligi 10-15 foizga oshirilishi belgilangan.

Soʻngra kecha, 20-may kuni qabul qilingan ish haqlarini oshirish haqidagi Prezident Farmoni asosida barcha xodimlar qatorida tibbiyot mutaxassislarining maoshi ham yana 12 foizga oshiriladi.

Yuqoridagi ikkala Farmon ham 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.

Masalan, 3 mln. soʻm oylik oladigan tibbiyot xodimining oyligi dastlab 15 foizga oshadi deylik, shunda 3 mln. 450 ming soʻm boʻladi. Keyin yana 12 foiz oshadi va jami 3 mln. 864 ming soʻm boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?