SSV: Sergelidagi yongʻindan jabrlanganlarning barchasi erkak kishi boʻlib, ularning 10 nafari reanimatsiya boʻlimida davo muolajalarini olmoqda

12:12 29 Noyabr 2021 Jamiyat
248 0

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 29-noyabr kuni soat 05:05da Toshkent shahri, Sergeli tumani, Nilufar 3-tor koʻchasida «Uzmill» MCHJ hududida joylashgan ishchilar yotoqxonasida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu yongʻinga gaz quvurlarining nosozligi tufayli xonaga gaz toʻplanishi va buning oqibatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu noxush hodisa tufayli jabrlanganlarning salomatligini jiddiy nazoratga oldi.

Xususan, yongʻin natijasida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan 18 nafar fuqaro darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Ayni paytda barcha bemorlarga belgilangan standartlar boʻyicha zarur tibbiy yordam koʻrsatilib, muolaja jarayonlari davom etmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻindan jabrlangan shaxslarning barchasi erkak kishi boʻlib, ularning 10 nafari reanimatsiya boʻlimida davo muolajalarini olmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?