SSV rahbar kadrlari boshqaruvga oid koʻnikmalari va kasbiy bilimlarini oshiradi
Bugun Davlat boshqaruvi akademiyasida Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar kadrlari uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va akademiya hamkorligida oʻtkazilayotgan ushbu mahorat darslari Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlar sharoitida vazirlik rahbar kadrlarining nazariy va amaliy bilimlarini oshirish hamda jamoada samarali ishlash koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari hamda hududiy boshqarmalar (bosh boshqarmalar) rahbarlari ishtirok etayotgan oʻquvning ochilish marosimida Sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatov va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari O.Xasanov ishtirok etib, sohadagi islohotlar, yechimini kutayotgan muammolar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida oʻtkazilgan kompleks oʻrganish natijalari tanqidiy muhokama qilindi.
Tinglovchilar 2 kunlik maxsus Dastur davomida boshqaruvga oid koʻnikmalari va kasbiy bilimlarini oshiradi. Tizimdagi dolzarb muammolar muhokama etiladi, toʻplangan tajribalar oʻzaro almashilib (netvorking), yechimlar taklif qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring