Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi

Olmazor tumanidagi Shifokorlar koʻchasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda.
Birlashgan markazga qaysi muassasalar kiradi?
Yangi kompleks tarkibiga:
— Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Toshkent sh. Farobiy koʻchasi, 383-uy);
— markazning poytaxt filiali (Toshkent sh. Bogʻiston koʻchasi, 1/71-uy);
— markazning Toshkent viloyati filiali (Toshkent sh. Taxtapul darvoza koʻchasi, 341-uy) kiradi.
Bu yerda Toshkent shahri va viloyati fuqarolari uchun tibbiy yoʻllanmasiz, boshqa hududlardan kelgan bemorlar uchun yoʻllanma asosida bepul tibbiy xizmat koʻrsatiladi.
Necha oʻringa moʻljallangan?
Bino — 8 qavat;
statsionar — 650 oʻrinli;
kunduzgi statsionar — 100 oʻrinli;
poliklinika — 500 qatnovga moʻljallangan.
Qanday klinik boʻlimlar ish boshlaydi?
17 ta yangi klinik boʻlim faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan, mamlakatimizda ilk bor suyak koʻmigi transplantatsiyasi boʻlimi ochiladi.
Qanday texnologiyalar oʻrnatiladi?
Onkologiya tizimini, jumladan, ushbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashga 80 million dollar mablagʻ ajratilmoqda.
Markazda 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng soʻnggi texnologiyalar bilan taʼminlanadi.
Intensiv terapiya boʻlimi yurak monitorlari, oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamalari va boshqalar bilan jihozlangan konsolli funksional yotoqlarga ega boʻladi.
Ilmiy salohiyat...
Turli tibbiyot muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan 5 ta onkologiya kafedrasi birlashib, yagona metodik markazga aylanadi. Ilk bor yadro tibbiyoti kafedrasi tashkil etiladi.
Infratuzilma...
Kompleksda 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali ishga tushiriladi. Birida toʻxtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning oʻrnini toʻldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi taʼminlanadi.
Bemorlar uchun dori-darmon tayyorlash va yetkazishning yangicha tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.
Qanday mutaxassislar faoliyat yuritadi?
Muassasa ishga tushgunga qadar 100 nafardan mutaxassis Koreya Respublikasi va Turkiyada malaka oshiradi.
Boshqaruv tizimi...
Boshqaruv jarayoniga turk va koreys mutaxassislari tavsiyalari va tajribasi asosida zamonaviy menejment tizimi joriy etiladi.
Qachon ishga tushadi?
Yangi kompleks 2023-yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Shifoxonalarning eski binolari nima boʻladi?
Shifoxonalarning eski hududlari yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qoʻyiladi.
Shifoxonalardagi bemorlar qachon yangi muassasaga koʻchiriladi?
Yangi kompleks ishga tushganidan soʻng ikki oy davomida muassasalardagi bemorlar va zarur uskunalarni koʻchirish ishlari olib boriladi. Sotuv auksionida gʻolib boʻlgan tadbirkorga yangi kompleksga koʻchish ishlari toʻliq amalga oshmaguncha ikki oygacha bu yerda hech qanday qurilish ishlarini amalga oshirmaslik majburiyati yuklanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring