SSV koronavirusga qarshi emlangan aholi haqida maʼlumot berdi

15:40 24 Iyul 2021 Jamiyat
146 0

23-iyunda mamlakatimiz hududlari boʻylab 184 622 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 129 310 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 34 288 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 21 024 nafarni tashkil qildi.


Ayni kungacha mamlakatimizda jami 6 129 752 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 3 909 019 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 1 606 771 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 613 962 nafarni tashkil qildi.


23-iyun kunidagi emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

  • Fargʻona viloyati (29 157 doza),
  • Namangan viloyati (24 513 doza),
  • Andijon viloyati (19 561 doza),
  • band qildi.


Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:

  • Namangan viloyatida 813 847 doza,
  • Fargʻona viloyatida 791 110 doza,
  • Andijon viloyatida 683 196 doza,
  • Samarqand viloyatida 574 028 dozani tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?