SSV kimlar vaksina olmasligi mumkinligiga aniqlik kiritdi

15:24 26 Avgust 2021 Jamiyat
937 0

Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida 18 va undan yuqori yoshdagi aholini SOVID-19ga qarshi emlash tartiblariga koʻra, emlashga qarshi vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.

Komissiya tomonidan taqdim qilinadigan tibbiy cheklov toʻgʻrisida maʼlumotnomada quyidagilar aks etadi:

Vaqtinchalik qarshi koʻrsatmalar:

Koronavirus kasalligining oʻtkir shakli boʻlgan bemorlar;

laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar boʻlmagan shaxslar;

koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi.

Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:

anamnezida ogʻir allergik reaksiyalari (anafilaktik shok) boʻlgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat boʻlganda);

homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumot yetarli emasligi sababli);

18 yoshgacha boʻlgan bolalar;

anamnezida tugʻma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infeksiyasi boʻlgan bemorlar;

vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi boʻlgan shaxslar.

SOVID-19 vaksinatsiyasiga qarshi koʻrsatmalar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oilaviy shifokori tomonidan aniqlanadi va cheklov toʻgʻrisida xulosa berish maqsadida maxsus komissiyaga yuboriladi. Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.

Koronavirus infeksiyasining oʻtkir shakli simptomlari boʻlgan bemorlar, shuningdek, laboratoriyada SOVID-19ga musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan (simptomsiz) shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan soʻng emlanadi.

JSSTning tavsiyalariga asoslangan xolda SOVID-19 kasalligidan sogʻaygan va reabilitatsiya davrini oʻtkazgan shaxs shifokor ruxsati bilan 3-6 oydan soʻng emlanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?