SSV: Bolalarga bir yoshgacha choy berish mumkin emas
Sogʻliqni saqlash vazirligi “Bolaning sogʻlom ovqatlanish haftaligi” doirasida bir yoshgacha boʻlgan bolalarning qoʻshimcha ovqatlanishi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqdi.
Undan ota-onalar uchun bir qator muhim va kerakli maslahatlar oʻrin olgan.
Xususan:
Chaqaloq olti oyga toʻlgach, shifokor tavsiyasi asosida unga ona sutidan tashqari boʻtqa, sharbat va pyure koʻrinishida qoʻshimcha ozuqalar berish mumkin. Sababi tez rivojlanayotgan murgʻak organizmning ehtiyojlari ona suti bilan toʻla qoplanmaydi.
Goʻdakni qoʻshimcha taom bilan ona sutidan oldin oziqlantirish kerak. Bolaga bunday yegulik ikki hafta davomida berilgach, uchinchi haftadan bir martalik koʻkrak bilan ovqatlantirish oʻrniga almashtiriladi. Ular tarkibi sabzavot boʻtqalaridan tashkil topgan boʻlishi lozim.
Dastavval, boʻtqa oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik kerakli miqdorga asta-sekin yetkaziladi. Shuni yodda tutish lozimki, bu yoshdagi goʻdakka bir paytning oʻzida ikkita qoʻshimcha taom berilmaydi. Bola birinchi qoʻshimcha ozuqaga koʻnikkach, ikkinchisiga oʻtish mumkin.
Kichkintoy 7 oylik boʻlgach, unga ikkinchi qoʻshimcha taom – boʻtqalar (mannali, grechkali) berilib, 2 hafta ichida ikkinchi galdagi ona suti u bilan almashtiriladi. Ushbu davrda qaynatilgan tuxum sarigʻining yarmini haftasiga ikki marta, keyin kunora berish mumkin.
Bola 8 oyga toʻlganda taomnomaga uchinchi qoʻshimcha yegulik sifatida qatiq va tvorog kiritiladi. Dastlab, qatiq oz-ozdan (5-10 gramm) berib boriladi, keyinchalik esa kerakli miqdorga asta-sekin yetkaziladi.
9-oydan boshlab non (pechenyelar), olmani boʻlakcha shaklida berish mumkin.
10-oylikdan boshlab goʻsht qiymasi frikadelkalar;
12-oylikdan – bugʻda pishgan kotletlar beriladi.
Bolaga choy berish maqsadga muvofiq emas. Uning oʻrniga meva sharbati, qaynatilgan suv ichiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring