SSV: Andijondagi yirik yoʻl-transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar vazirlik nazoratiga olindi

14:16 26 Noyabr 2022 Jamiyat
358 0

Foto: SSV matbuot xizmati

2022-yil 26-noyabr kuni ertalab soat 8:10 larda A-373 Toshkent-Oʻsh-Andijon avtomagistralining 389-390- kilometrlari oraligʻida “Isuzu” avtobusi va «Fura» yuk mashinasi toʻqnashib ketdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, toʻqnashuv natijasida jami 41 nafar fuqaro jarohat olgan, shulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan.

38 nafar yoʻlovchi turli xil jarohatlar bilan Boʻston tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga olib kelingan. Ularning holati zudlik bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi nazoratiga olindi.

Bemorlardan 3 nafarida ushbu ixtisoslashgan brigadalar tomonidan jarrohlik amaliyoti bajirildi. Barcha jabrlanganlar birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, jarohat ogʻirligiga koʻra, Boʻstondan Shahrixondagi qoʻshma shikastlanishlar markaziga 17 nafari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga 10 nafari “Tez yordam” mashinalari orqali yetkazildi.

Ayni paytda ularga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori D.Toʻlaganov boshchiligida voqea joyiga tezkor yetib borgan brigadalar tomonidan tegishli davolash standartlari asosida chuqurlashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Hozir Boʻston tumani shoshilinch tibbiy yordam boʻlimida 11 nafar bemor davolanayotgan boʻlib, ulardan 3 nafarida jarrohlik operatsiyalari oʻtkazildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер