SSV: Ayni paytda yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlar olti nafarni tashkil etmoqda

10:47 16 Mart 2020 Jamiyat
852 0

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar toʻliq amalga oshirilmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 6 nafarga yetdi.

Maʼlumki, shu yilning 15-mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada boʻlib qaytgan bir nafar Oʻzbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik. Tahlil natijalari bemorning oʻgʻli va qizida koronavirus infeksiyasi borligini koʻrsatgan edi. Ayni paytda ushbu fuqaroning turmush oʻrtogʻi va nabirasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Shuningdek, shu yilning 15-mart kuni soat 05:15 da “Oʻzbekiston havo yoʻllari” avia kompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yoʻnalishidagi 274- reys bilan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan.

Bemorlar bilan muloqotda boʻlganlarning roʻyxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat oʻrnatildi.

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?