Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasining dastlabki dozalari foydalanish uchun yetkazib berildi

16:59 12 Oktyabr 2021 Jamiyat
212 0

“Jurabek Laboratories” MCHJ qoʻshma korxonasida ishlab chiqarilayotgan “Sputnik V” vaksinasi 1- va 2- komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga topshirildi.
Bu yurtimizda tayyorlanayotgan ikkinchi vaksina boʻlib, bundan avval ushbu korxonada jami 7 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi ishlab chiqarilgan boʻlib, uning 1 458 820 dozasi emlash uchun topshiriligani haqida xabar bergan edik.
Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 473 528 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
— 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
— 21 958 488 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
— 720 500 dozasi “Sputnik V”,
— 3 000 060 dozasi Moderna,
— 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Shundan 22 721 129 dozasi emlash jarayonlarida qoʻllanilgan boʻlib, 5 226 139 nafar aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda toʻliq emlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?