Sportchilarimizni emlash davom etmoqda

19:19 11 May 2021 Sport
842 0

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan delegatsiyamiz aʼzolarini emlash davom etmoqda. Hozirda terma jamoalarimiz belgilangan grafik asosida emlanmoqda. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

Markaz vakillarining maʼlum qilishicha, para-suzishdan keyin taekvondo, para-taekvondo, velosport, dzyudo, para-dzyudo kabi jamoalarimiz aʼzolari ham tor doiradagi mutaxassislar tekshiruvidan soʻng koronavirusga qarshi vaksinaning 1-komponentini qabul qilishdi. Emlash jarayoni davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?