Sportchilarimiz yangi Oʻzbekistonni yangi gʻalabalar bilan butun dunyoga tanitmoqda — Mirziyoyev
Avvalroq, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Tadbirda davlat sportchilarni millatning “oltin fondi” deya taʼrifladi.
«Tomirlarida Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud, Zahiriddin Bobur kabi buyuk ajdodlarimizning kuch-gʻayrati joʻsh urib turgan, ularga har tomonlama munosib boʻlgan avlodgina bunday ulkan ishlarga qodir boʻladi.
Bugungi kunda butun Oʻzbekiston sizlar kabi bahodir oʻgʻlonlarini olqishlamoqda, jahon ahli sizlarga tan bermoqda.
Men doimo bir fikrni takrorlashdan charchamayman. Biz oʻzimizning halol mehnatimiz, aql-zakovatimiz, qatʼiyat va irodamiz bilan dunyo ahli bizni tan olishi, eʼtirof etishiga erishishimiz kerak.
Yangi Oʻzbekistonni yangi gʻalabalar bilan butun dunyoga tanitayotgan sportchilarimizning beqiyos yutuqlari mana shu yoʻlda yana bir muhim qadam boʻlishi shubhasiz.
Bunday azmu shijoatli, vatanparvar yoshlarimiz eng katta boyligimiz, millatimizning “oltin fondi”, desam, oʻylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda etgan boʻlaman», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring