Sport hakamlariga malaka toifalari DXM orqali beriladi

16:54 07 Iyul 2022 Sport
874 0

Hukumat qarori (365-son, 06.07.2022-y.) bilan sport hakamlariga malaka toifasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga koʻra, Sport hakamlariga quyidagi malaka toifalari beriladi:

— xalqaro toifali sport hakami;

— milliy toifali sport hakami;

— birinchi toifali sport hakami;

— ikkinchi toifali sport hakami;

— uchinchi toifali sport hakami;

— sport boʻyicha hakam.

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali Sportni rivojlantirish vazirligi va hududiy boshqarmalar (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

Arizaga shaxs faoliyat yuritayotgan tashkilot tomonidan berilgan malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma ilova qilinadi.

Davlat xizmati koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Vakolatli organ ariza kelib tushgan kuni qaror qabul qilish uchun malaka komissiyasiga kiritadi.

Malaka komissiyasi 1 oyda bir marta chaqiriladi.

Malaka komissiyasi ariza beruvchi tomonidan yuborilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер