“SPORT FEST — 2021": 12 turdagi sport musobaqalari oʻz yakuniga yetdi
28-29-iyun kunlari poytaxtimizdagi “JAR” sport majmuasida “SPORT FEST – 2021» sport musobaqalari oʻtkazildi. Toshkent shahri mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar futbol, voleybol, basketbol, badminton, kurash, qoʻl jangi kabi 12 turdagi sport musobaqalari uchun qizgʻin bahs olib bordi.
Birgina voleybol sport turi boʻyicha musobaqada poytaxtning 12 tumanidagi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan qizlar jamoalari qiziqarli va murosasiz oʻyin koʻrsatdi. Unda 1-oʻrinni Mirobod tumani jamoasi, 2-oʻrinni Yashnobod tumani jamoasi va 3-oʻrinni Chilonzor tumani jamoasi qoʻlga kiritdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahsda esa Yakkasaroy tumani jamoasi 1-oʻringa, Chilonzor tumani jamoasi 2-oʻringa, Yashnobod tumani jamoasi esa 3-oʻringa sazovor boʻldi.
— Oʻzbekiston Yoshlar ishlar agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada ming nafardan ortiq havaskor sportchilar jam boʻlishdi. Ishtirokchilardagi oʻzgacha yondashuv, kuchli tayyorgarlikni koʻrib, yoshlar oʻrtasida sportga boʻlgan muhabbat va ishtiyoqning ildizi mustahkamligiga, kun sayin yoshlar hayotida ommaviy sportning oʻrni muhim ahamiyatga ega boʻlib borayotganiga amin boʻldim, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining oʻrinbosari Sherzod Olimov.
Qoʻl jangi boʻyicha kechgan qizgʻin va shiddatli kurashda 100 nafar poytaxt yoshlari oʻzaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga koʻra, 55 kg.dan 95 kg.gacha boʻlgan 9 ta vazn toifasidagi gʻoliblar tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
—Ayni paytda sportning kurash turi boʻyicha musobaqaga hakamlik qilyapman. Hozirgacha 7 ta vazn toifasidagi 11 ta jamoaning bellashuviga guvoh boʻldim. Ishtirokchilardagi oʻziga boʻlgan ishonch, shijoat, qatʼiyat va olgʻa intilish meni ancha quvontirdi, — deydi hakamlar hayʼati aʼzosi Umida Mirhamidova. —Mazkur musobaqa orqali yoshlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga qiziqtirish va ular orasidan boʻlajak chempionlarni saralab olishni maqsad qilganmiz.
—Ushbu port musobaqalari menga juda manzur keldi. Sababi yoshlar oʻrtasida ommaviy sport ancha oʻsmoqda. Bugun barcha yumushlardan holi boʻlib, alohida vaqt ajratib, sogʻlom turmush tarzi uchun qadam tashlamoqdamiz. Bundan tashqari, musobaqa natijasida yoshlarning tanishuv uchrashuvlari ular oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik aloqalariga koʻprik vazifasini oʻtayapti, – deydi musobaqa ishtirokchisi Bahodir Umarov.
Musobaqa doirasida “Yoshlar velomarafoni” Respublika turniri va Shaxmat boʻyicha Respublika birinchiligi ham boʻlib oʻtdi. “Yoshlar velomarafoni”da hududiy bosqichlardan saralab olingan 42 nafar yoshlar, Shaxmat boʻyicha Respublika birinchiligida esa 56 nafar viloyat bosqichi gʻoliblari final shohsupasi uchun kurashdi.
Ming nafardan ortiq yoshlarni bir ezgu maqsad atrofida birlashtirgan musobaqa davomida gʻoliblar tashkilotchilarning maxsus diplomlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi. Yakundagi galakonsert yoshlarga koʻtarinki ruh va bayramona shukuh ulashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring