Spiker oʻrinbosari Sayxunobod tumanida boʻldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov Sayxunobod tumaniga tashrif buyurdi. Tuman markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomidagi tavsiyalariga asosan tashkil etilgan “Besh muhim tashabbus” loyihasining tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishuvdan boshladi.
Bu borada «Yoshlar xiyoboni»idagi “Yurt bayrogʻi” maydoni, kutubxona majmuasi, xotira maydoni, yosh ijodkorlar xiyoboni kabi majmualar bilan yaqindan tanishdi. Shu yerning oʻzida tumandagi dehqon, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan kuzgi «Toʻqsonbosti» ekinlar ekilishi hamda dalalarda amalga oshirilayotgan kuzgi agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi. Dehqon-fermerlar va aholi tomorqa egalari yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining saqlanishi, mahalliy bozorlarda sotilishi borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shu kunning oʻzida Spiker oʻrinbosari A.Haitov tumandagi “Nurli yoʻl” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan oilaviy tadbirkor Komiljon Yusupovning tomorqasini koʻzdan kechirib, u yerda piyoz koʻchatlarining yetishtirilishi va dalalarga ekilishi bilan tanishdi.
«Men amalga oshirilgan barcha ishlarni oʻz mablagʻlarim hisobidan tashkil etganman. Hozirda 0,15 gektar piyozning mahalliy urugʻidan koʻchatlar yetishtirdim va ushbu koʻchatlar 3,0 gektar yer maydoniga koʻchirib ekilmoqda. Kelgusida ushbu ekin maydonining har bir gektaridan 40 tonnadan jami 120 tonna piyoz mahsulotini yetishtirib, mahalliy bozorlarga chiqarishni rejalashtirganman. Kelgusida oilaviy tadbirkorlik uchun menga tuman hokimligi tomonidan 5,0 gektar yer maydoni ajratish belgilandi», - deydi Komiljon Yusupov.
Partiya yetakchisi “Paxtakor” SIU hududida faoliyat olib borayotgan «Jaqsiliq» fermer xoʻjaligida ham boʻldi. U yerda terimchilar bilan uchrashib, ularga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Uchrashuv yakunida ilgʻor terimchilarga ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring