СOVID-19: Nega vaksina olish hamon muhim?

Soʻnggi oylarda dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqini avj olgan. Yurtimizda ham kuz oylariga nisbatan kasallanishlar soni hozir birmuncha yuqori. Shu bois mutaxassislar COVID-19ga qarshi emlanish hamon dolzarb ekanligini taʼkidlaydi.
Hilola Jamilova, oliy toifali shifokor:
— Vaksinalar organizmning tabiiy immuniteti bilan birlashib, himoya tizimini hosil qiladi. Bu mustahkam “qalqon” kasallanish xavfini keskin kamaytiradi.
Vaksina inson tanasiga yuborilgach, organizmning bunga javob reaksiyasi boshlanadi. Yaʼni immunitet tizimi tanaga kirgan “agent”, yaʼni virus yoki bakteriyani aniqlaydi va soʻng antitanalar ishlab chiqarishga kirishadi.
Antitanalar — kasallik bilan kurashuvchi tabiiy oqsillar. Ular xastalikni qanday jilovlash kerakligini eslab qoladi. Agar inson kelgusida mikrob taʼsiriga qayta uchrasa va oʻzida kasallik alomatlarini his qilsa, immunitet tizimi uni tezda yoʻq qilishga kirishadi.
Bir soʻz bilan aytganda, vaksina tanada infeksiyaga qarshi immunitetni ishlab chiqishga koʻmak beruvchi xavfsiz va samarali vositadir.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti xulosasiga koʻra, jamoaviy immunitet toʻliq shakllanmay turib, ushbu xavfli kasallikka barham berish imkonsiz. Buning uchun esa butun dunyo aholisining kamida 70 foizi toʻliq bosqichda emlanishi zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring