Oʻzbekiston maktablarida soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari yangradi – Fotoreportaj

13:47 25 May 2024 Jamiyat
748 0

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta'lim maktablarida so'nggi qo'ng'iroq sadolari yangradi. Bu kun bilimga chanqoq, beg'ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko'rib quvonayotgan ota-onalar uchun chin ma'noda bayram.

Tadbirlar davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan tabrikni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yetkazish bilan boshlandi. Yil davomida aʼlo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantirildi.

Shuningdek, turli ko‘rik-tanlovlarda yutuqlarga erishgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Toshkent shahridagi 126-196-307-maktablardan "Xalq so‘zi" muxbirlari ushbu tadbirlardan fotoreportaj tayyorladi.

 

Foto: Yunus Bo‘riyev, Akmal Muhammadov, Toyirov Abdumutalib / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?