Soʻnggi oylarda toʻqimachilik mahsulotlarimiz 3 ta yangi bozorga chiqdi, eksport geografiyasi 83 ta davlatga kengaydi

17:25 16 Aprel 2024 Siyosat
242 0

Prezident raisligida toʻqimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Soʻnggi oylarda toʻqimachilik mahsulotlarimiz 3 ta yangi bozorga chiqdi, eksport geografiyasi 83 ta davlatga kengaydi.

Biroq hanuzgacha eksportning qariyb 80 foizi Rossiya, Xitoy va Turkiya bozorlariga toʻgʻri kelayotgani taʼkidlandi. Yoki, Yevropaga eksport oʻtgan yilga nisbatan kamaygan.

Yevropa, Amerika va boshqa rivojlangan davlatlar bozoriga yoki brendlarga eksport hajmini oshirish uchun korxonadan xalqaro standart va sertifikat talab etiladi. Lekin, eksportchilarimizning 12 foizigina bunday talablarga javob beradi.

Viloyat hokimlari investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlarining bu boradagi faoliyati sustligi, eksportchilarga koʻmaklashishga eʼtiborsizligi tanqid qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер