Soʻnggi besh yilda qishloq xoʻjaligiga 2,5 milliard dollar xorijiy resurslar jalb qilindi

17:03 27 Aprel 2022 Siyosat
828 0

Foto: president.uz

Prezident huzurida qishloq xoʻjaligida xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarning borishi hamda taʼlim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilinmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Soʻnggi besh yilda sohaga 2,5 milliard dollar xorijiy resurslar jalb qilindi. Shundan, 1,7 milliard dollar oʻzlashtirilib, 4 mingga yaqin loyiha amalga oshirildi.

Buning hisobiga 2,5 ming gektar zamonaviy issiqxonalar, 11 ming gektar intensiv bogʻlar, 6 ta koʻchatchilik xoʻjaligi va 350 ming tonnali muzlatkichli omborxonalar tashkil etildi.

Bugungi kunda, sohada 810 million dollar oʻzlashtiriladigan mablagʻ mavjud.

Davlatimiz rahbari ushbu mablagʻlar hisobiga qilinishi lozim boʻlgan ishlarni belgilab berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?