Soliq toʻlovchilar uchun qulaylik yaratildi

15:02 06 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
508 0

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati va turini kengaytirish, soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan koʻmaklashish hamda amaldagi boshqaruv tizimi va ish uslubini takomillashtirish maqsadida tunu kun uzluksiz ravishda ishlaydigan Davlat soliq xizmatining yagona axborot-maslahat CALL-MARKAZI tashkil etildi.

Markaz bundan buyon yuridik va jismoniy shaxslarga soliq qonunchiligi va soliq maʼmurchiligidagi oʻzgarishlar boʻyicha uzluksiz va tezkor axborot maslahat xizmatlarini koʻrsatishni, shuningdek, soliq toʻlovchilarga barcha turdagi soliq va yigʻimlar toʻgʻrisida maʼlumot berish, soliq toʻlovchilarga soliqlarni hisoblash, hisobotlarni tuzish, toʻldirish va yuborish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish, Davlat soliq qoʻmitasi tizimidagi barcha turdagi onlayn va interaktiv xizmatlar boʻyicha soliq toʻlovchilarga tushuntirishlar berish, foydalanishni oʻrgatish va uslubiy yordam koʻrsatish kabi maqsad va vazifalarni bajaradi.

Endilikda soliq toʻlovchilar barcha turdagi soliq va yigʻimlarga hamda soliqlarni hisoblash, hisobotlarni tuzish, toʻldirish va yuborishga doir masalalar boʻyicha yagona axborot-maslahat CALL-MARKAZIning 1198 qisqa raqamiga hamda 712023282 telefon raqamiga 24 soat mobaynida qoʻngʻiroq qilish orqali amaliy yordam va maslahatlar olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?