Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish rejalashtirilmoqda

Foto: Arxiv surat
“Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Soliq kodeksiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda:
Quyidagilar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarni qoʻllashni bekor qilish:
— boʻsh turgan binolar;
— foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari;
— yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar;
— qurilishi tugallanmagan obyektlar.
Jismoniy shaxslar yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining oshirilgan stavkasini qoʻllashni toʻxtatib turish.
Elektrotexnika tarmoq korxonalariga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berish.
Muhokama 2022-yil 8-dekabrgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring