Soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosarini oʻldirgan yoʻl harakati militsiyasi xodimlari qamoq jazosiga hukm qilindi
Soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olish chogʻida boʻgʻilishdan vafot etgani boʻyicha sud hukmi oʻqildi, deb xabar qildi Oliy sud matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, 10-iyun kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Aziz Ahmedov yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan oʻldirilgan edi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, oʻlimga havo yetishmasligi sabab boʻlgan. Bundan tashqari, marhumning yuzi va boʻynida jarohatlar aniqlangan. Keyinchalik qotillikda gumon qilinganlar qamoqqa olindi.
Maʼlumotlarga koʻra, hukm tuman YHXB boshligʻi, leytenant M.Qoʻchqorov va Samarqand viloyati IIB YHXB katta inspektori S.Rahimberdiyevga chiqarilgan.
Sud hukmiga koʻra, gumonlanuvchilar 102-modda (Ehtiyotsizlik oqibatida oʻlimga sabab boʻlish) va 206-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) boʻyicha ikki yilu oʻn oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Shuningdek, ular ikki yilga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring