Soxta DXX xodimi jinoyat ustida qoʻlga olindi

12:28 16 Avgust 2022 Jamiyat
188 0

Foto: Arxiv surat

Margʻilon shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan birining direktor oʻrinbosari T.I tovlamachilik yoʻli bilan viloyatdagi tumanlardan birining xalq taʼlimi boʻlimi mudiri U.R dan pul olayotganda ushlandi.

Aniqlanishicha, T.I oʻzini tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri U.R ga “DXX viloyat boshqarmasi masʼul xodimi” sifatida tanishtirib, uning ustidan ariza tushganini maʼlum qilgan. Boʻlim mudiri har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganini, yaqinda yuqori lavozimga qoʻyilgan ayoldan katta miqdorda pora olganini isbotlovchi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qolish evaziga 15 million soʻm talab qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?