Soʻxda yangi aeroport qurilishi boshlandi

10:56 12 Fevral 2021 Jamiyat
464 0

Fargʻona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Soʻx tumaniga tashrifi doirasida tumanda barpo etilishga kirishilgan yangi aeroport qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Soʻx tumani “Novobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida tashkil etilayotgan aeroport maydoni salkam 10 gektarni egallaydi. Bu yerdan ilgari mahalliy aholi aeroport sifatida foydalangan.

2020-yil 8-avgustdagi “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosi doirasida 6 oy ichida qurib bitkaziladigan aeroport orqali “Humo AIR” aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda “Uzbekistan Helicopters” MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb etgan holda Soʻxdan Fargʻona hamda Qoʻqon yoʻnalishlarida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?