Soʻxda harbiylarga yangi uylar topshirildi

19:05 31 May 2022 Jamiyat
394 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyatining anklav hududi — Soʻx tumanida harbiy qism xizmatchilari uchun yangi koʻp qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

Tumanning “Qizilqiyoq” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi harbiy qismda loyiha qiymati 21 milliard soʻm boʻlgan yangi uy-joylar 68 nafar askar va zobitlarga taqdim etildi. Gʻaznov mahallasida 5 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga bunyod etilgan koʻp qavatli uyda 32 nafar harbiy oilalari bekamu koʻst yashashi uchun barcha sharoit yaratildi.

Uy-joylar bilan birga maishiy xizmat markazi, savdo doʻkonlari, ayollar va erkaklar sartaroshxonalari, tikuvchilik sexi, zamonaviy oshxona qurib bitkazildi.

Tantanali tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, Vatan himoyachilariga qimmatbaho esdalik sovgʻalari hamda kitoblar taqdim etdi.

Botir MADIYOROV, (“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер