“Soʻx voqealari” boʻyicha jinoyat ishi davom etmoqda

12:29 17 Noyabr 2020 Jamiyat
516 0

Arxiv foto

Shu yilning 9-noyabr kunidan boshlab jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudida “Soʻx voqealari” boʻyicha 22 nafar shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi davom etmoqda.

Maʼlumki, shu yilning 31-may kuni Fargʻona viloyatining anklav hududi – Soʻx tumanining qoʻshni Qirgʻiziston bilan chegara maskanida joylashgan Chashma bulogʻi atrofida mojaro kelib chiqqan edi. Natijada soʻxliklardan 187 kishi jarohatlanib, ularning 15 nafari vertolyotda Fargʻona shahriga olib kelingan.

2020-yilning 16-noyabr kuni “Soʻx voqealari” yuzasidan sud ishi davom ettirildi. Jinoyat ishida adolat va qonun ustuvorligi tamoyili taʼminlanishi uchun gumonlanuvchi hamda guvohlar toʻliq eshitilmoqda.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?