Soʻx tumaniga 840 nafar qirgʻizistonlik kelib davolangan

Foto: Illustrativ foto
Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyati faollari bilan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilishda soha masʼullari, vazirlar va hokimlarning hisoboti, Fargʻona yuzasidan takliflarini eshitishga koʻproq vaqt ajratilmoqda.
Jumladan, Soʻx hokimi Sayidmusayev Sayidbahrom tumandagi vaziyat haqida maʼlumot berdi. Soʻnggi yillarda Soʻx tumanida barcha sohalar kesimida oʻsish kuzatilayotgani, masalan, birgina tibbiyot sohasi boʻyicha Soʻx tumaniga qoʻshni Botken viloyatidan 840 nafar qirgʻizistonlik kelib, davolanib ketgani taʼkidlandi. Mavjud imkoniyat va talabdan kelib chiqib, tibbiyot turizmini Soʻxning yangi oʻsish nuqtasi sifatida rivojlantirish reja qilinayotgani maʼlum qilindi. Bundan tashqari Soʻxda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya tomonidan yangi sogʻlomlashtirish markazlari qurilmoqda.
Shuningdek, Soʻx hokimi Prezidentga murojaat qilib, tumanning oʻziga xosligidan kelib chiqib, soʻxlik yoshlar uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun alohida kvotalar ajratishni iltimos qildi. Davlat rahbari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovga mazkur masala boʻyicha puxta oʻylangan va asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish topshirigʻini berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring