Sohil voleyboli: hamyurtlarimiz Qozogʻistonda oltin va kumush medalga sazovor boʻlishdi
Avval xabar qilganimizdek, 7-9-may kunlari Qozogʻistonning Olma-Ota shahrida sohil voleyboli boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston hamda Qozogʻistonning turli hududlaridan jami 63ta jamoa erkaklar, ayollar hamda mikst yoʻnalishida oʻtkazilgan musobaqalarda gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Taʼkidlash joiz, qozogʻistonlik taniqli shoir, yozuvchi, adabiyotshunos, davlat va jamoat arbobi Oljas Suleymanov tavalludining 85 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu xalqaro turnir mamlakatimiz sohil voleybolchilari uchun xalqaro maydondagi ilk musobaqa sifatida tarixga kirdi va quvonarlisi, vakillarimizning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi.
Ushbu xalqaro turnir uchta yoʻnalishda, yaʼni 2x2 (erkaklar va ayollar), 4x4 (erkaklar va ayollar) hamda faxriylar (+40 yosh va +50 yosh) oʻrtasida tashkil etildi.
2x2 yoʻnalishida vatanimiz sharafini himoya qilgan jamoalarning omadi chopmagan boʻlsa, 4x4 yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etgan jamoamiz yakunda bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, kecha faxriylar oʻrtasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring