Sogʻlom miya uchun juda foydali boʻlgan uchta moʻjizaviy mahsulot maʼlum qilindi

02:49 23 Noyabr 2021 Dunyo
698 0

Illyustrativ foto

Miya faoliyatini yaxshilaydigan va kognitiv pasayish xavfini oldini oladigan 3 ta eng yaxshi mahsulot  tuzildi. 

"Express"ning yozishicha, ushbu roʻyxat Buyuk Britaniyaning yetakchi diyetologi Merilin Glenvill tomonidan taqdim etilgan.

Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatganki, parhez demans rivojlanishiga sezilarli taʼsir qiladi. Alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan odamlarda sogʻlom miya uchun zarur boʻlgan neyrotransmitter atsetilxolin yetishmasligi aniqlangan. Ushbu protein esa tuxum sarigʻida mavjud ekan. Shuning uchun turli miya kasalliklarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladigan tuxumni diyetaga muntazam ravishda kiritish muhim. 

Soya va yongʻoqlar ham miya uchun eng muhim va foydali oziq-ovqat hisoblanadi. Ular miyaning yaxshi ishlashiga yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?