Sogʻliqni saqlash vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatiladi

13:25 01 Oktyabr 2022 Jamiyat
431 0

Foto: Illustrativ surat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning “Sogʻliqni saqlash boshqaruv organlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Sogʻliqni saqlash vazirligiga sogʻliqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda soʻnggi yillarda toʻplanib qolgan tizimli kamchilik va muammolarni hal etish hamda fuqarolar sogʻligʻini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan quyidagi vazifalar qoʻshimcha tarzda yuklatiladi:

sogʻliqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni unifikatsiyalash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini himoya qilish, tibbiyot xodimlari masʼuliyati va himoyalanganini kuchaytirishga qaratilgan toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiluvchi qonunlarni ishlab chiqish;

jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish eng namunali amaliyotlarini joriy etishni taʼminlaydigan zamonaviy boshqaruv tizimini va hududlarda sogʻliqni saqlashni tashkil etish “klaster” modelini shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish;

tibbiy genetikani, ayollar va bolalarga shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish, “Ona va bola” hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot majmualari va maʼlumotlar tizimlarini shakllantirish asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish;

tibbiy yordam samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish, tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qoʻyish va davolash yuqori texnologik usullarini joriy etish, patronaj xizmati va dispanserizatsiya samarali modellarini yaratish orqali sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va kasalliklarni profilaktika qilish;

tibbiyot sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, tibbiy xizmat koʻrsatish barcha bosqichlarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilash, “har bir davolangan holat” uchun toʻlash tizimini keng joriy etish, majburiy tibbiy sugʻurtani bosqichma-bosqich joriy etish;

xususiy sogʻliqni saqlash tizimi, davlat-xususiy sherikligini va tibbiy turizmni rivojlantirish, sogʻliqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash;

farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish, narx shakllanishi mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish, ular ustidan davlat nazoratini kuchaytirish;

tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish samarali tizimini shakllantirish, tibbiyot fanini rivojlantirish, tibbiyot ilmiy va taʼlim muassasalarini xalqaro standartlar boʻyicha sertifikatlashtirish (akkreditatsiyadan oʻtkazish);

“elektron sogʻliqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi majmuasini yaratish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?