Sogʻliqni saqlash vazirligi “Yangi Oʻzbekiston shifokorlari” platformasini yaratdi

19:06 24 Noyabr 2021 Jamiyat
1659 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi yosh, tashabbuskor Oʻzbekiston shifokorlarining yangi gʻoya va takliflari uchun platforma yaratdi.

Xabarda aytilishicha, “Yangi Oʻzbekiston shifokorlari” platformasi tibbiyot sohasining faol, tashabbuskor va yosh vakillarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. U nafaqat Oʻzbekistonda yashovchi 45 yoshgacha boʻlgan shifokorlar, balki dunyoning turli burchaklarida istiqomat qilayotgan va ishlayotgan vatandosh shifokorlar uchun ham moʻljallangan.

Bu tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha yangi gʻoya va takliflarni qabul qilish hamda ularni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlarda muhokama qilishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, eng yaxshi gʻoya va takliflarni bildirgan yosh shifokorlar vazirlikning istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?