Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida kapital qurilish bilan shugʻullanuvchi buyurtmachi xizmati tugatiladi

10:32 23 Sentyabr 2022 Jamiyat
305 0

Illustrativ foto

Kecha Prezidentimizning “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

‼️Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi buyurtmachi xizmatlari va ularning hududiy filiallari, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi buyurtmachi xizmatining hududiy filiallari (keyingi oʻrinlarda — tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari) tugatiladi;

tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari tomonidan markazlashgan manbalar hisobidan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari amalga oshirilayotgan obyektlarning buyurtmachisi sifatida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda – injiniring kompaniyalari) belgilanadi.

2023-yil 1-yanvarga qadar:

injiniring kompaniyalarining tashkiliy-huquqiy shakli davlat unitar korxonasi shakliga oʻzgartiriladi.

Qarorda belgilanganidek:

injiniring kompaniyalari tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

Tugatilayotgan buyurtmachi xizmatlari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda obyektlarning pudrat shartnomasiga muvofiq foydalanishga topshirish muddati 2022-yil etib belgilangan obyektlardagi qurilish ishlarini joriy yilning 1-dekabriga qadar toʻliq yakunlab, foydalanishga topshirilishini taʼminlaydi;

joriy yil 1-dekabrga qadar obyektlarning pudrat shartnomasiga muvofiq foydalanishga topshirish muddati 2022-yil 1-dekabrdan oʻtadigan, joriy yilda foydalanishga topshirish imkoni boʻlmaydigan va kelgusi yillarga oʻtuvchi obyektlarning hududiy joylashuvi boʻyicha injiniring kompaniyalariga topshirilishini taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?