Sogʻliqni saqlash vazirligi Seuldan kelgan samolyotdagi yoʻlovchilarning karantinga olinishiga izoh berdi

Joriy yil 26-fevral kuni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga tegishli NY 514-reys bilan Seul – Toshkent yoʻnalishida Toshkent vaqti bilan soat 19:02da poytaxtimizga uchgan samolyot bortida 1996-yilda tugʻilgan, Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi B.T.ning salomatligi yomonlashganligi, unda insult alomatlari aniqlanganligi sababli samolyot 20:55da Seul aeroportiga qaytarilgan. Seul aeroportida bemor va uning farzandi hamda bir nafar fuqaro tushirib qoldirilib, B.T.dan koronavirus infeksiyasiga laborator tahlillar olingan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.
Shundan soʻng, samolyot Toshkent vaqti bilan soat 22:59da Seuldan poytaxtimizga 232 nafar passajir, 12 nafar ekipaj aʼzolari bilan jami 244 nafar fuqaro uchgan va joriy yil 27-fevral kuni, bizning vaqtimiz bilan soat 05:58da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻngan.
Koronovirusning Oʻzbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Seuldan kelgan yoʻlovchilar Toshkent aeroporti xalqaro terminalining alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyatsiyasiga joylashtirilib, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Seul shahrida qolgan Qirgʻiziston Respublikasi fuqarosi B.T.dan koronavirus infeksiyasiga olingan laboratoriya tahlil natijalariga koʻra, unda koronavirus alomatlari aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring