Sogʻliqni saqlash vazirligi bolalarni grippga qarshi emlash haqida xabar berdi

01:00 04 Dekabr 2021 Jamiyat
544 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekistonda qancha maktab oʻquvchilari va bogʻcha tarbiyalanuvchilari grippga qarshi emlangani haqida aytdi.

Milliy emlash taqvimiga koʻra, mamlakatda grippga qarshi emlash sentyabr-oktyabr oylarida boshlanadi va martgacha davom etadi.

Shu maqsadda 2021-yilning avgustidan oktyabrigacha Oʻzbekistonga grippga qarshi 3 million 705 ming 588 doza vaksina keltirildi.

Shuningdek, kasallik bilan kasallanishning ortishi sababli hukumat mamlakatga “Grippol plyus” vaksinasining ikki million dozasini olib kirdi.

3-dekabr holatiga koʻra, respublika boʻylab tashkil etilgan emlash punktlarida 1 million 324 ming 185 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchilari, 671 ming 852 nafar birinchi sinf oʻquvchilari grippga qarshi emlandi.

Shunday qilib, jami 1 996 037 bola grippga qarshi emlashni oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?