Sogʻliqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

16:50 27 Fevral 2023 Jamiyat
436 0

Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Hakimov Xurshid Anvarovich Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

1988-yilda tugʻilgan X.Hakimov Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavr bosqichini tamomlagach, Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiyot markazida klinik ordinatura va aspirantura boʻyicha tahsil olgan.

2020-yildan boshlab bir yil davomida Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyati Yegoryevsk markaziy tuman kasalxonasida rentgenendovaskulyar xirurg sifatida faoliyat olib borgan.

2021-yilda oʻzbekistonga qaytib, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialida Rentgenendovakulyar xirurgiya boʻlimi boshligʻi sifatida ish boshlagan.

X.Hakimov samarali faoliyati uchun “Shuhrat” medali va “Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер