“Sogʻliqni saqlash — TІHE 2023” koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi

15:29 13 Aprel 2023 Jamiyat
1344 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

27-Toshkent Xalqaro “Sogʻliqni saqlash — TІHE 2023” koʻrgazmasi, Oʻzbekiston va umuman markaziy Osiyo mintaqasining flagman tibbiy koʻrgazmasi boʻlib, anʼanaga koʻra, mutaxassislar uchun uz ekspozitsiyasini bahorda bu yil 13-15 aprel kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKKda taqdim etadi.

 Sogʻliqni saqlash ijtimoiy sohaning eng muhim jihatlaridan biridir. Har qanday ilgʻor davlat sogʻliqni saqlash tizimini rivojlanishi va samarali ishlashini aholi farovonligiga gʻamxoʻrlik qilishning asosiy masalalaridan biri deb hisoblaydi. Afsuski, soʻnggi paytlarda dunyoda yangi va qariyb yoʻq qilingan kasalliklarning tarqalishi qayd etilayotganligini taʼkidlash kerak. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Rahbariyati sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqda, shu bilan bir joyda xususiy tibbiyotga ham katta ahamiyat berilmoqda.

 Davlat va xususiy tibbiyot muassasalarini ragʻbatlantirish boʻyicha bir qator muhim chora-tadbirlar koʻrildi, yangi dori vositalari qoʻllanmoqda, davolash va jarrohlik operatsiyalarining yangi usullari joriy etilmoqda, shifokorlar va tibbiyot mutaxassislarining malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan chet eldan olib kiriladigan tibbiy uskunalar, buyumlar, asboblar va materiallar QQS va bojxona toʻlovlaridan ozod qilinmoqda.

Aynan shuning uchun deyarli butun tibbiyot jamoatchiligi uchun TIHE koʻrgazmasi sanoatning yangiliklari va texnologiyalarini koʻrish uchun eng samarali platforma deb hisoblanadi. Koʻrgazmaning ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin; “Sogʻliqni saqlash — TІHE 2023” nafaqat 1995 yilda tashkil etilgan mamlakatning yetakchi tibbiyot koʻrgazmasi, balki zamonaviy Oʻzbekistonning birinchi koʻrgazma tadbirlaridan biridir.

Butunjahon koʻrgazma sanoati uyushmasi (UFI) tomonidan tasdiqlangan tadbir maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi yagona tibbiy koʻrgazmadir. Bu tibbiyot hamjamiyati mutaxassislari “soʻngi avlod” tibbiy texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlgan noyob platformadir.

Mahalliy va xorijiy kompaniyalar tomonidan koʻrgazmaga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Bu yil koʻrgazmada oʻz ishtirokini 13 mamlakatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar tasdiqladi: Bangladesh, Belarus Respublikasi, Germaniya, Daniya, Italiya, Qozogʻiston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya Oʻzbekiston, Hindiston, Xitoy, Chexiya. Ishtirokchilar soni va koʻrgazma maydoni boʻyicha TIHE 2023 oldingi koʻrgazmadan 1,5 baravar oshib ketdi. Koʻrgazma ekspozitsiyasi ikkita markaziy pavilyonda (№ 1 va 2), Atrium 1 va Kongress zallarida joylashdi.

Xorijiy mamlakatlar orasida ishtirokchilar soni boʻyicha yetakchi 3 talikka kuyidagilar kirdi: XXR (99 ta kompaniya), Rossiya Federatsiyasi (35 ta kompaniya), Germaniya (13 ta kompaniya).

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер