Sodiq Safoyev qirolicha Yelizaveta IIning dafn marosimida ishtirok etdi

22:27 19 Sentyabr 2022 Siyosat
1059 0

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiyasi qirolicha Yelizaveta ikkinchining dafn marosimida ishtirok etdi.

Xorijiy nashrlarning maʼlum qilishicha, qirolicha bugun Vindzordagi Avliyo Georgiy butxonasida, turmush oʻrtogʻining yoniga dafn etildi.

10 kunlik milliy motamni yakunlaydigan Vestministr abbatligida boʻlib oʻtadigan marosimda qariyb 2 mingga yaqin kishi hozir boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Karl IIIga onasi qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «Ul zot 70 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi boʻlib kelgan, Qirollikning global iqtisodiyot va siyosatda yetakchi davlatlardan biriga aylanishiga, uning xalqaro maydondagi obroʻ va eʼtiborini har tomonlama oshirishga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk davlat arbobi edi», deyiladi davlatimiz rahbarining taʼziyanomasida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?