Sochida shaxmat boʻyicha Jahon kubogi bahslari boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston sharafini 7 nafar sportchi himoya qiladi

22:13 06 Iyul 2021 Sport
1297 0

Sochi shahrida oʻtadigan musobaqada jami 7 nafar shaxmatchimiz gʻoliblik uchun dona suradi va ishtirokchilar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 4-oʻrinni egallab turibdi

Joriy yilning 10-iyul sanasidan Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida shaxmat boʻyicha Jahon kubogi bahslariga start beriladi va musobaqa 8-avgustga qadar davom etadi.

Kecha Xalqaro shaxmat federatsiyasi rasmiy sayti ushbu nufuzli musobaqada qatnashadigan sportchilar roʻyxatini taqdim etdi.

Unga koʻra, Jahon kubogining erkaklar oʻrtasidagi bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini yosh va umidli shaxmatchilarimizdan Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov hamda Shamsiddin Vohidovlar himoya qilishadi.

Qizlar oʻrtasidagi musobaqalarda esa Nilufar Yoqubboyeva hamda Umida Omonovalar gʻoliblik uchun dona surishadi. Umumiy hisobda Jahon kubogida Oʻzbekiston nomidan jami 7 nafar shaxmatchi ishtirok etadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerak, bu Oʻzbekiston tarixida rekord koʻrsatkichdir, chunki bungacha hech qachon shaxmat boʻyicha Jahon kubogida bu qadar koʻp shaxmatchimiz ishtirok etmagan.

Yurtimiz shaxmatchilari Rossiyaga 9-iyul kuni kechga tomon uchib ketishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?