Sobiq sud binosi bogʻchaga aylantirildi

10:55 07 Noyabr 2020 Jamiyat
138 0

Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-tur doirasida Toshkent viloyatida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi va Oʻzbekiston pedagogik kollejlarida dual taʼlimning joriy etilishini namoyish etdi.

Press turda qayd etilishicha, Toshkent tumanining Keles shaharchasidagi 12-sonli “Oltin baliqcha” deb nomlangan DMTT “ANGELSY FOOD” MCHJ XKning homiylik mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilindi. Sobiq sud binosi rekonstruksiya qilinib MTTga aylantirildi.

Ushbu DMTT yangi shahar markazida boʻlib, quvvati 480ta oʻrinni tashkil etadi, shuningdek, ushbu DMTT 540 nafar bolalarni qamrab olish uchun tayyorlov guruhlarini ochgan (rekonstruksiyadan avval 280ta joy edi).

“Oltin baliqcha” DMTTning yorqin xususiyatlari shundaki unda sunʼiy gazon yotqizilgan kichik stadion, basketbol va futbol oʻyingoh ega sport maydonchasi mavjud.

MTV va “ANGELSY FOOD” MCHJ XK oʻrtasidagi hamkorlik Davlat xususiy sheriklik koʻrinishidagi hamkorlik boʻlib, negizida filantropik (homiylik) faoliyat yotadi. Bu turdagi oʻzaro munosabatlar asosida keyinchalik oʻz homiyligiga olgan MTTlarni yaqin qaramogʻiga olish evaziga muayyan imtiyozlarga ega boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?