Sobiq Ichki ishlar vaziri muallifligidagi kitob nashrdan chiqdi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i, general-leytenant Bahodir Matlyubovning “Profilaktika inspektori — xalq xizmatchisi” kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” muxbiri Zokir Xudoyshukurov xabar bermoqda.
Kitob mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida “Inson manfaatlari har narsadan ustun” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan islohotlar xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashga, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish kabi dolzarb masalaga bag‘ishlangan.
General-leytenant Bahodir Matlyubovning huquqni muhofaza qilish organlarida uzoq yillar davomida to‘plagan tajribasi asosida tayyorlangan ushbu kitobda yaqin tariximiz, ya’ni istiqlolning dastlabki yillarida tinchlik va barqarorligimizni izdan chiqarishga bo‘lgan urinishlar oqibatlari bayon etiladi. Bevaqt halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz, xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida vafot etgan huquq-tartibot organlari xodimlari xotirasi yodga olinadi. O‘z navbatida, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida huquqbuzarliklar, ayniqsa, uning eng xavfli ko‘rinishi bo‘lgan jinoyatchilik yildan-yilga kamayib borayotganini aniq raqamlar asosida tahlil qiladi.
— Mazkur tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda profilaktika inspektorlarining aksariyat qismi nafaqat faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini bilmaydi, hatto, ularning mavjudligi haqida tasavvurga ham ega emas. Bu holat profilaktika inspektorlarining atigi o‘n bir foizi yuridik ma’lumotga egaligi, bunday ma’lumotga ega bo‘lmaganlari esa maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagani bilan izohlanadi. Ularning huquqiy bilimi, ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish ham zamon talabiga mos emasligi qo‘llanmada ko‘rsatib o‘tilgan, — deydi Akademiya xodimi, leytenant Jamshid Xolov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring