Sobiq bokschi Mayk Tayson Tashkent City hududidan uy sotib oldi

16:42 19 Sentyabr 2018 Jamiyat
4784 0
Foto: NBnews

Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan Gardens Residence turar joy majmuasidan oʻziga uy sotib oldi. Bu haqda bino developer kompaniyasi xabar bergan.

Maʼlumotlarga koʻra, mutlaq vazn toifasining sobiq chempioni 2020 yil boshiga qadar qurib bitkazilishi kutilayotgan apartamentdan xarid qilgan. Mazkur uy premium klassdagi hashamatga ega boʻlishi aytilmoqda.

Toshkentda “Taysonga qoʻshni boʻlishni istaysizmi?“ yozuvi tushirilgan reklamalar paydo boʻlgan. Kompaniya vakili bu shunchaki aytilgan gap emas, haqiqatan ham Tayson Toshkentdan uy sotib olganini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?