Sizlarning shijoat va intilishingizni koʻrib, yonib turgan koʻzlaringizga boqib, oʻzimga bitmas-tuganmas kuch olaman — Shavkat Mirziyoyev

Foto: president.uz
Prezident Yoshlar kuniga bagʻishlangan bayram tadbirida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari Yangi Oʻzbekistonning barcha yoshlarini bayram bilan tabrikladi.
«Albatta, sizlar bilan uchrashish, koʻnglingizdagi ezgu orzu va rejalaringiz bilan oʻrtoqlashish, taklif va tashabbuslaringiz haqida eshitish menga doimo quvonch va gʻurur bagʻishlaydi.
Sizlarning shijoat va intilishingizni koʻrib, yonib turgan koʻzlaringizga boqib, oʻzimga bitmas-tuganmas kuch olaman.
Hozirgina Prezident va ijod maktablari oʻquvchilari, Yangi Oʻzbekiston universiteti talabalari, yosh olim va ijodkorlar, dasturchilar, sportchilar va tadbirkorlar bilan gaplashib, bir narsaga qatʼiy amin boʻldim.
Bugungi yoshlarimizning salohiyati, dunyoqarashi, bildirgan taklif va tashabbuslari, mustaqil fikrlashi, kelajak va Vatan haqida, oʻzining jamiyatdagi oʻrni va masʼuliyati haqidagi qarashlari barcha ota-onalar, ustoz-murabbiylar qatorida meni ham cheksiz quvontiradi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring