Siyosatshunos AQSHning Yaqin Sharqdagi asosiy maqsadini ochib berdi
Illyustrativ foto
Agar Eron Isroil va HAMAS oʻrtasidagi mojaroga tortilsa, Amerika Qoʻshma Shtatlari, avvalo, Tehronni zaiflashtirishga harakat qilib, Yaqin Sharq xaritasini qaytadan chizish imkoniyatini qoʻldan boy bermaydi. Bu fikrlarni amerikalik siyosatshunos Konstantin Bloxin aytib oʻtdi.
“AQSH senatori Lindsi Grem va boshqalar isroilliklarning barcha muammolarida darhol Eronni ayblay boshladi. Amerikadagi aksariyat oʻng qanot neokonservatorlar uchun bu Isroilga qurol berish uchun jiddiy sababdir. Bunday vaziyatda ular yahudiylar davlatiga nafaqat Gʻazo masalasini hal qilishda yordam berishadi, balki Eronni zaiflashtirishga ham harakat qilishadi”, dedi siyosatshunos.
Bloxin, shuningdek, AQSH prezidentining sobiq maslahatchisi Jon Boltonning soʻzlarini esladi. Bolton hozirgi voqealardan oldin ham Eronga yadroviy zarba berishga chaqirgan edi.
Oldinroq, Livan progressiv sotsialistik partiyasining sobiq raisi Valid Jumblat Amerika Qoʻshma Shtatlarini Falastin — Isroil mojarosi atrofidagi vaziyatning yomonlashishiga hissa qoʻshayotganlikda ayblagan edi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSH siyosati Isroilni, jumladan, mintaqaning shimoliy qismini anneksiya qilishni maqsad qilgan Gʻazo sektoridagi quruqlikdagi operatsiya rejalarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Shu oʻrinda Valid Jumbulat Isroilning ehtimoliy bosqiniga Eron va Livandagi “Hizbulloh” guruhi javob berishi mumkinligini taʼkidlab oʻtdi.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va Isroil hududiga havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga olgan. Shu fonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi.
Isroil mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi. Isroil havo kuchlari Gʻazo sektoriga yuzlab zarbalar berdi. Ushbu hududga suv, oziq-ovqat, elektr va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring