Sirdaryolik ikki yigit Andijondan Moʻynoqqacha piyoda borishga ahd qilishdi

21:09 16 Fevral 2021 Sport
799 0

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi Eldorbek Joʻrayev hamda Toʻlqin Usmonovlar Andijondan Moʻynoqacha boʻlgan masofani, yaʼni butun mamlakatimizni piyoda bosib oʻtishga otlanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida sirdaryolik ikki yurtdoshimiz butun Oʻzbekiston boʻylab piyoda yurib oʻtishga qaror qilishdi.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida istiqomat qiluvchi Eldorbek Joʻrayev hamda Toʻlqin Usmonovlar Andijondan Moʻynoqacha boʻlgan masofani, yaʼni butun mamlakatimizni piyoda bosib oʻtishga otlanishdi.

Oʻz yurishini shu yil 15-fevral kuni Andijon viloyatidan boshlagan bu ikki yigit bugun Fargʻona viloyati markaziga yetib kelishdi. Qayd etish kerak, ushbu yurtdoshlarimiz boshlagan tashabbus Sirdaryo, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlari Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Xususan, Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi E.Joʻrayev va T.Usmonovni sport formalari bilan taʼminlagan boʻlsa, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlari esa tashabbuskor yoshlarni kutib olish, yotoq joy bilan taʼminlash, kuzatish kabi masalalarda yordamlarini ayashmayapti. Qisqasi, Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida barcha birlashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?