Sirdaryoda yurak-qon tomir sohasida 30 turda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Oʻtgan yili Sirdaryo viloyatida 136 nafar bemorda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan yurak koronar arteriyalarida yuqori texnologiyali diagnostika va stentlash amaliyoti oʻtkazildi.
Ushbu amaliyotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialining xirurgiya boʻlimi boshligʻi, endovaskulyar-xirurg Xurshid Hakimov boshchiligidagi mahalliy mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.
— Shuningdek, oʻtgan yili filialimizda yurak-qon tomir tizimida muammosi boʻlgan 856 nafar bemorda koronarongiografiya tekshiruvlari, 324 nafar bemorda koronar arteriyalarida stentlash, 2 nafar bemorda EFT va RTA amaliyotlari, 3 nafar bemorga doimiy elektrokardiostimulyator oʻrnatish amaliyoti, 5 nafar bemorda kam uchraydigan yurak tugʻma nuqsoniga okklyuder qoʻyish, 22 nafar bemorga shuntografiya, 3 nafar bemorga ventrikulografiya va boshqa yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari bajarildi, —deydi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali direktori Shuhrat Husanov. – Yaqin-yaqingacha bunday jarrohlik amaliyotlari uchun sirdaryolik bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yoki Rossiya, Hindiston kabi davlatlarga borishga majbur edilar. Endilikda esa bu kabi ovoragarchiliklarga umuman hojat qolmadi.
Darvoqe, keyingi bir yarim yilda bu yerda yurak-qon tomir kasalliklari bor bemorlarga yordam koʻrsatish maqsadida 30 turda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari yoʻlga qoʻyildi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring